Yakkasaroy tuman hokimiga uch nafar o‘rinbosar tayinlandi
Bugun xabar berganimizdek, Yakkasaroy tuman hokimi Nilufar Allabergenovaga uch nafar yangi o‘rinbosar tayinlandi.
Yakkasaroy tuman hokimligida biroz avval yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari D.Raximova, tuman hokimi N.Allabergenova, hokim o‘rinbosarlari, mahalla yettiligi, tumandagi korxona ва tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda D.Raximova Yakkasaroy tuman hokimining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Yakkasaroy tumani hokimining qurilish, uy-joy, kommunal xo‘jaligi, transport va ekologiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari hamda Yakkasaroy tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarini tanishtirib ularning kelgusidagi mashaqqatli va sharafli faoliyatlariga omad tiladi.