Uchrashuvda faol yoshlar taqdirlandi

Unda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Raximova, Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova, sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, Yakkasaroy tumanida huquq-tartibot va mudofaa organlari tomonidan otaliqqa olgan yuqori tashkilot mas’ullari, oliy ta’lim rektorlari, tuman maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limi rahbari, tuman Yoshlar agentligi tuman bo‘limi mas’ullari ishtirok etidalr.

 Uchrashuv yakunida Yakkasaroy tuman hokimi tomonidan Toshkent shahar hokimi o'rinbosari D.Raximova hamda tumandagi faol yoshlarga tashakkurnoma  topshirildi.

 25 nafar yoshlarga ORIENTAL UNIVERSITETI tomonidan vaucherlar topshirildi.

Xullas bugungi bo‘lib o‘tgan uchrashuv o‘zgacha bo‘ldi.  Uchrashuvda haqiqiy kreativ fikrlaydigan, zamonaviy bilimlarga chanqoq yoshlar o‘zlarining bir biridan qiziq va salmoqli murojaatlari bilan esda qoldilar.