Fuqarolarning murjaatlarining ijrosi ta’minlanadi

Kunning ikkinchi yarmida Yakkasaroy tumanidagi “Bog‘saroy” mahalla guzarida mahallaning beshligi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 Unda tuman prokurori o‘rinbosari, tuman soliq inspeksiyasi o‘rinbosari, tuman hokimining uy-joy, kommunal xizmat ko‘rsatish va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.Sattarov, tuman hokimligi xodimlari, tumandagi kommunal soha mas’ullari hamda mahalladagi beshlik ishtirok etdilar.

Uchrashuvda mahalla raisi Xallakov Boxodirjon mahalla fuqarolari tomonidan tushayotgan murojaatlar bo‘yicha ma’lumot berib o‘tdi. 

Mahalladagi Zarbog‘, Zanjirbog‘, Zanjirbog‘ tor ko‘chalari, shuningdek, Sarabo‘ston ko‘chasi 3a-uy old tarafi, Ko‘hinur ko‘chasi 1V-uy old va orqasi, Mirobod ko‘chasi 18-uy oldi va Beshchinor ko‘chalarida asfalt yotqizish. Shuningdek, mahalla hududidagi qurigan daraxtlarni kesish va butalash, mahalla hududidagi yangi qurilgan bog‘ni tunggi yoritish tizimini yaxshilab berish bo‘yicha murojaatlar yetkazildi.

Har bir murojaat bo‘yicha o‘z mas’llariga topshiriq berilib ijrosi bo‘yicha hisobot berish topshiriqlari berib o‘tildi. Tumandagi muddatini o‘tab bo‘lgan liftlar reja asosida almashtirish ishlar tez kunlarda boshlanishi haqida ma’lumot berib o‘tildi.

Bog‘saroy mahallasida ham tuman obodonlashtirish boshqarmasining 40 nafar xodimlari jalb etilib, mahalla hududida obodonlashtirish ishlari ham olib borildi.

Eslatib o‘tamiz: Tuman sektor rahbarlarining reja asosida mahallalarda o‘rganishi davom etadi.